14/01/2016
Jamoa shartnomasiga bag‘ishlangan trening

 

20160113_130525O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi O‘quv markazida 2016 yilning 1-yarim yilligida kasaba uyushmalari kadrlari va faollarini o‘qitish rejasiga muvofiq joriy yilning 11-15 yanvar kunlari Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman va shahar kengashlari raislari uchun o‘quv tashkil qilinishi rejalashtirilgan edi.

O‘quv dasturiga ko‘ra, 12-13 yanvar kunlari Respublika kengashi mutaxassislarining “Mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik asoslari. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari”, “Bandlik va ijtimoiy himoya sohasida kasaba uyushmalarining vazifalari. “Xalqaro Mehnat Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalari va ularni kasaba uyushmalar tomonidan qo‘llash amaliyoti” mavzularida ma'ruzalar tinglandi. Shuningdek, jamoa shartnomalari bo‘yicha trening tashkil qilindi. Tinglovchilar 5 guruhga bo‘linib, ularga 5 hil variantdagi xatoliklar bilan jamoa shartnomalari tarqatildi. Guruhlar taqdimotga tayyorgarlik jarayonida bugungi jamoa shartnomalarining oldingilariga nisbatan farqlari, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarni aks ettirilishi va tarmoqqa tegishli boshqa xususiyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Guruhlar taqdimotida Navoiy shahar kengashi raisi Yuldashev Alisher Murodovich, Urganch tuman kengashi raisi Madaminova Mehribon Matrasulovna, Qo‘qon shaxar  kengashi raisi Ziyautdinov Arif Isomxodjayevich, Nurobod tuman kengashi raisi Abdusalomov Erkin Nishonovich, Zangiota tuman kengashi raisi Jo‘rayeva Gavxar Abdukodirovna, Boyovut tuman kengashi raisi Xolmuxamedova Barno Baxramovna, Shayxontohur tuman kengashi raisi O‘lmasova Dilnora Shoazimovnalar jamoa shartnomasida keltirilgan xatoliklarni va aslida qanday me'yorlar kiritilishi haqida eng to‘g‘ri javobni keltirdilar.

Natijada 3-guruh eng ko‘p xatoliklarni topganligi va muzokaralarda faol ishtirok etganligi bois g‘olib deb topildi.

20160113_130559 20160113_131338 20160113_131342 20160113_131352

20160113_140403

 

20160113_133626

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar