06/11/2013
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2009-2011yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvining yakunlari va 2012-2014 yillar uchun tarmoq kelishuvini tuzish to‘g‘risida.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2009-2011 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvida qayd etilgan vazifalar ijrosini ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Tarmoq kelishuvining asosi O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunini hayotga tatbiq etgan holda, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tizimidagi muassasalar xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hamda haq-huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan. Shu bois, mazkur kelishuvda qayd etilgan maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarishda soha xodimlarining mehnat huquqlari, ijtimoiy, madaniy-ma'rifiy va sport-sog‘lomlashtirish masalalariga alohida e'tibor berildi.

“Barkamol avlod yili” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturlarini amalga oshirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish ishlarida faol ishtirok etish ta'lim sohasi xodimlarining ustuvor vazifasidir. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi, 2010 yilning asosiy yakunlari va 2011 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzalarida barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar chuqur tahlillar bilan asoslab berildi va mamlakatimiz taraqqiyotining galdagi bosqichida bajarilishi zarur vazifalar aniq belgilandi. 

Xususan, tarmoq xodimlarining ijtimoiy-iqtisurtaodiy himoyasiga oid muammolarini muhokama etib borish hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini belgilab olish maqsadida kasaba uyushma kengashlari raislari va ularning ijtimoiy sheriklari bo‘lgan idoralar rahbarlari bilan har oyda bir marotaba muhokamalar o‘tkazish amaliyoti joriy etildi. 

Har yilda bir marotaba kasaba uyushmasi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tizimidagi muassasalar faollari ishtirokida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasidagi muammolarga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazib borildi. Markaziy kengash tomonidan joylarda jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi huquqiy maslahatxona guruhlari tashkil etildi va xodimlarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Har bir mehnat jamoalarida, mahallalarda, tizimdagi o‘quv yurtlarida huquqiy masalalarga bag‘ishlangan uchrashuv va davra suhbatlari uyushtirildi. Yangi tuzilgan boshlang‘ich tashkilotlar hujjatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilishini ta'minlash, ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish kabi masalalarga e'tibor qaratildi. YUqorida qayd etilgan ishlar O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi va Markaziy kengash o‘rtasida tuzilgan tarmoq kelishuvining izchil bajarilishini ta'minlashga xizmat qildi.  

Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2009-2011 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvi orqali, pedagog xodimlarni, ma'naviy, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat qilish va dam olishlari uchun qulay sharoitlarni yaratib berish borasida 2009-2011 yillarga rejalashtirilgan barcha vazifalarni bajarilgan deb hisoblash mumkin.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi Xay'ati hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosati 2009-2011 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvining bajarilishini e'tirof etgan holda hamda mazkur tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, pedagog va xodimlar, o‘quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va intellektual manfaatlarini himoya qilish yo‘lida hamkorlikni davom ettirish maqsadida qaror qiladi

To`liq matnni quyudagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

_word O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2009-2011yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvining yakunlari va 2012-2014 yillar uchun tarmoq kelishuvini tuzish to‘g‘risida.


Ijtimoiy himoya, Kelushuvlarga oid ma`lumotlar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar