07/01/2016
Andijon davlat universiteti tomonidan sport musobaqalari tashkil etildi

 

32016 yil “Sog‘lom ona va bola” yili munosabati bilan 4-6 yanvar kunlari Andijon davlat universiteti kasaba uyushmasi xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat-shashka, voleybol, basketbol turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sport musobaqalarida jami 240 nafar kasaba uyushma a'zolari ishtirok etdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni xorijiy tillar fakulteti ingliz tili fani o‘qituvchisi T.Xamrayeva, 2-o‘rinni tabiyotshunoslik fakulteti o‘qituvchisi K.Dadaboyeva, 3-o‘rinni filologiya fakulteti o‘qituvchisi D.Abdullayeva;

Shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni fizika-matematika fakulteti o‘qituvchisi M.Yusupov, 2-o‘rinni jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi Z.Sharipov, 3-o‘rinni tabiatshunoslik va geografiya fakulteti o‘qituvchisi O.Sobirov;

Shashka ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni pedagogika fakulteti o‘qituvchisi Z.Ziyavudinova, 2-o‘rinni jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi T.Sirojiddinova, 3-o‘rinni filologiya fakulteti o‘qituvchisi M.Tojiboyeva;

Voleybol ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni xorijiy tillar fakulteti, 2-o‘rinni fizika-matematika fakulteti, 3-o‘rinni jismoniy madaniyat fakulteti;

Basketbol erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni jismoniy madaniyat fakulteti, 2-o‘rinni ijtimoiy fanlar fakulteti, 3-o‘rinni o‘rinni tabiatshunoslik va geografiya fakulteti jamoasi a'zolari egalladilar.

Musobaqa g‘oliblari Andijon davlat universitetining faxriy yorlig‘i hamda  xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘vlari bilan taqdirlandilar. 

1 2 4

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar