05/01/2016
“Kasaba uyushma byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanaylik”

 

1Joriy yilning 4 yanvar kuni Andijon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining kichik majlislar zalida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlari buxgalterlari uchun “Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida kasaba uyushmasiga a'zolik badallarini taqsimlash, kasaba uyushma byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarda 17 nafar Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari tuman, shahar kengashlari buxgalterlari ishtirok etdilar.

Buxgalteriya sohasida uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan tajribali buxgalterlardan A.Jalilov, N.Axmedov, T.Zulunovlar tomonidan 2016 yilda Kasaba uyushmasi Federatsiyasi tizimida a'zolik badallari hamda ijtimoiy sug‘urta mablag‘larini to‘g‘ri sarflanishi hamda Nizomlar asosida ishlashlari bo‘yicha tushunchalar berildi.

O‘quv-seminar davomida seminar ishtirokchilari buxgalteriya sohasidagi ish yuritish xujjatlarini yuritish bo‘yicha qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. 

2 3 4

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar