15/01/2016
Vatan himoyachilari kuni

 

БМТИ 14 январь1Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir oliy o‘quv yurti ma'naviyat bo‘limi, kasaba uyushma qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoy harakati boshlang‘ich tashkiloti va xotin-qizlar kengashi bilan hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda harbiy yo‘llanma asosida o‘qishga tavsiya etilgan 226 nafar talaba-yoshlar, institut rahbariyati, pedagog xodimlar ishtirok etishdi.

Buxoro shahar hududida joylashgan harbiy qism vakillari 522-safarbarlik rezervi kapitani M.M.Axmedov, serjant I.O‘.Xolbo‘tayev kichik serjant T.A.Aliyev, shartnoma bo‘yicha oddiy askar Sh.X.Omonturdiyevlar tadbirda so‘zga chiqib, milliy Armiyamiz Vatanimiz chegaralarini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilayotganligi, ular uchun barcha sharoitlar yaratilganligini ta'kidlab o‘tishdi.

Bayram munosabati bilan jamoada faoliyat yuritayotgan Afg‘on urushi ishtirokchilariga kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, harbiy tavsiya asosida qabul qilingan jamoatchi talaba-yoshlar Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir yakunida viloyatimiz taniqli sanatkorlarining konsert dasturi namoyish etildi.

DБМТИ 14 январь 5 БМТИ !14 январь 3 БМТИ 2 БМТИ 14 январь 4 БМТИ 14 январь 6

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar