13/01/2016
Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bulur!

 

2Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 14-yanvar “Vatan ximoyachilari kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan Armrestling sport turi bo‘yicha talaba yoshlar va harbiy qism xizmatchilari o‘rtasida universitet ochiq birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

2016 yil 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan musobaqada 70 kg,80 kg va +80 kg vaznlarda o‘tqazilgan musobaqada universitet talabalari, Qarshi serjantlar tayyorlash maktabi hamda 52466-sonli harbiy qismlaridan taklif etilgan harbiy xizmatchilari o‘z'aro bellashdilar. Musobaqa ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Musobaqani Universitet ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori dotsent B.Jo‘rayev tadbirni ochib, ishtirokchilarni “Vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan tabriklab musobaqa qatnashchilariga omad tiladi. Jismoniy madaniyat fakulteti dekani F.Eshpo‘latov, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri B.Salaydinov, dotsent I.Vardashvili, bosh hakam Respublika  toifasidagi hakam Bekzod Karimovlar musobaqa qatnashchilariga hozirgi kunda jismoniy tarbiya va sport kundan kunga rivojlanib boryotganini ushbu sohani rivojlantirishda bevosita yurt boshimiz I.Karimovning e'tiborlari juda katta ekanligini ta'kidlab o‘tdilar. So‘ng Qarshi Serjantlar tayyorlash maktabi kursantlari hamda universitetda tahsil olayotgan xotin-qizlar badiy gimnastika sporti to‘garagi qatnashchilari tomonidan ko‘rsatilgan ko‘rgazmali chiqishlar musobaqani ko‘tarinki ruhda davom etishida o‘z xissalarini qo‘shdilar.

Musobaqa Halqaro armrestling (WAF) sporti qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazilib, 2 marta mag‘lubiyatga uchragan sportchi musobaqaning keyingi bosqichidagi ishtirokini yakunladi. Musobaqa hakamlarining vazifa va burchlari Halqaro armrestling federatsiyasi qoidalari asosida belgilandi.

Bosh hakam yordamchilari Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedra o‘qituvchilari K.Buriyev, B.Xudayberdiyevlar hakamlik ishlarini odilona olib bordilar.

70 kg vaznda 12 nafar sportchilar bilan boshlandi mazkur vaznda 1-o‘rinni Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi S.Holturayev, 2-o‘rinni Fizika-matematika fakulteti talabasi J.Murodov, 3-o‘rinni Qarshi serjantlar tayyorlash maktabi harbiy xizmatchisi M.Ziyodullayevlar egalladilar.

80 kg vaznda sportchilar 1-o‘rin Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi S.Ibragimov, 2-o‘rin Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi A.Qodirov

3-o‘rin 52466 – sonli harbiy qism ofitseri O‘.Norboyevlarga nasib etdi.

+80 kg vaznda  sovrindor sportchilar 1-o‘rin Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi S.Ibragimov, 2-o‘rin Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi S.Murotov, 3-o‘rin Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi A.Fayzevlar sovrondorlar safidan joy egalladilar.

Musobaqada jamoviy o‘rinlarni 1-o‘rinni Qarshi davlat universiteti talabalari, 2-o‘rinni Qarshi Serjantlar tayyorlash maktabi, 3 o‘rinni 52466-sonli harbiy qism jamoasi egalladilar hamda har bir vaznda g‘olib sportchilar aniqlanib, diplomlar, medallar va kasaba uyushmasi qo‘mitasining sovg‘alari bildan bilan taqdirlandilar.

1 2


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar