12/01/2016
Tayanchim va suyanchim faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan! Ko‘zim qarog‘idasan, Vatan!

 

1Qarshi davlat universiteti faollar zalida universitet ma'muriyati va jamoat tashkilotlari hamkorligida 2016 yil 12 yanvar kuni 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Ko‘zim qarog‘idasan, Vatan!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy  bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Qarshi shahridagi 52466-sonli, 51301-sonli, 58829-sonli harbiy qismlari, Qarshi serjantlar tayyorlash maktabi ofitser va harbiy xizmatchilari hamda ularning oila a'zolari taklif etildi. Bayram tadbirini universitet rektori, professor B.A.Shoimqulov kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarini mamlakatimiz milliy armiyasi tashkil topganligining 24 yilligi, shuningdek, 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tabrikladi. Qarshi serjantlar tayyorlash maktabi boshliq o‘rinbosari podpolkovnik I.Mahmudov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 24 yil mobaynida erishgan yutuqlari, soha bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar, milliy armiyamizning rivoji haqida to‘xtalib o‘tar ekan, bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini asrashga qodir, ishonchli qalqonga aylanganligini ta'kidladi. Osmonimiz musaffoligi, yurtimiz tinchligini asrashda sidqidildan xizmat qilayotgan harbiylarimizni bayram bilan tabriklab, sharafli vazifalarini ado etishda omad tiladi. Shundan so‘ng, Vatan oldidagi yigitlik burchini ado etib, harbiy imtiyoz asosida talabalik safiga qabul qilingan universitetning Jismoniy madaniyat fakulteti 4-bosqich talabasi A.Safarov bugungi kunda milliy armiyamizda xizmat qilgan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida faxrlanib gapirdi. Universitetning faol, iqtidorli talaba-yoshlari, Qarshi serjantlar tayyorlash maktabi kursantlari va harbiy qismlar badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Tadbir so‘nggida ish faoliyati mobaynida alohida yutuqlarga erishgan ofitser va harbiy xizmatchilarga Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi o‘qituvchi va talabalari tomonidan qalam tasvirda chizilgan suratlari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tolmonidan bayram sovg‘alari topshirildi. O‘tkazilgan tadbir viloyat televideniyesi orqali tasvirga olindi.

2 1

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar