11/01/2016
Armiya – toblanish maktabi

 

1“Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan” shiori ostida 2016 yil 11 yanvar kuni Qarshi shahridagi 11643-sonli harbiy qismida, hamda Qarshi Serjantlar tayyorlash maktabida 14 yanvar -“Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Qarshi davlat universiteti rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Qarshi shahridagi 11643-sonli harbiy qismda “Vatan himoyasi sharafli burch” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Qarshi davlat universiteti rektori, professor B.Shoimqulov, ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori, dotsent B.Jo‘rayev, “Ijtimoiy fanlar va sotsiologiya” kafedrasi mudiri, professor S.Choriyev, “Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi” kafedrasi mudiri, dotsent X.Maxmanova va “Iqtisodiyot va servis” kafedrasi mudiri, dotsent G.Erkayevalar ishtirok etdilar. Qarshi davlat universiteti rektori, professor B.Shoimqulov barcha ofitser va harbiy xizmatchilarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 24 yilligi, 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan tabriklab, bugungi tinch va osoyishta, farovon hayotimizni ishonchli tarzda himoya qilayotgan, shunday ma'suliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo‘layotgan vatanimiz himoyachilariga omad tiladi. Bayram tadbirida universitet professor o‘qituvchilari tomonidan bildirilgan ezgu tilaklar, faol talabalar tomonidan ko‘ylangan kuy va qo‘shiqlar tadbirda ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Tadbir so‘nggida Prezidentimizning yangi nashrdagi kitoblari va universitet professor o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan o‘quv qo‘llanmalar xarbiy xizmatchilarga bayram sovg‘asi sifatida topshirildi.

  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 24 yilligi va “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab, Qarshi Serjantlar tayyorlash maktabida “Vatan himoyachilari xotin-qizlar e'zozida” nomli  ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qarshi dalat universiteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori dotsent B.Jo‘rayev, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi T.Valiyev, ma'naviy ahloqiy tarbiya bo‘limi boshlig‘i A.Jo‘rayev, universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Uzoqova, universitet Kamolot yoshlar ijtimoy harakati boshlang‘ich tashkiloti O.G‘aniyev va universitet iqtidorli talabalari ishtirok etdilar. Tadbirda ishtirok etgan harbiy ofitser va serjantlarni B.Jo‘rayev, G.Uzoqova va O.G‘aniyevlar bayram bilan tabriklab, ularga omad tiladilar. Universitet iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan badiy chiqishlar tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir so‘nggida Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi talabalari tomonidan faol serjantlarning qalam tasvirda chizilgan sur'atlari, falsafa fanlari nomzodi, dotsent A.Erkayevning “O‘zbekiston yo‘li” nomli kitobi bayram sovg‘asi sifatida topshirildi.

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar