16/01/2016
“Ma’naviyat soati”

 

1Mehnatkashlar va yoshlarda harbiy-vatanparvarlik tuyg’ularini yuksaltirish, Vatan himoyasini ta’minlashdek muqaddas burch, mamlakatimizdagi tinch va osuda hayot qadrining mazmun-mohiyatini keng targ’ib qilish maqsadida hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Sirdaryo viloyati Guliston san’at kollejida “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan”  mavzusida ma’naviyat soati tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda ichki ishlar bo’limi xodimlari, mehnat faxriylari va san’at kolleji ishchi xodimlari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirdan so’ng bayramga bag’ishlab sport turlari bo’yicha musobakalar tashkil etildi.

Musobaqa g’oliblariga Тa’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar kengashi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

1 3

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar