28/01/2016
Boshlang`ich tashkilotlarda o`tkazilayotgan “Sog`lom oila” sport musobaqasi

B

20160126_120728So`ngi yillarda kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishdan tashqari ularni madaniy-ma'rifiy ҳamda sport tadbirlariga qiziqtirish va ishtirok etishini ta'minlash maqsadida bir qator tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.

2016 yil “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturi hamda yuqori kasaba uyushma tashkilotlari qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Тa'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Forish tuman kengashi rayosatining                12-yanvar 2016 yildagi 4-2 “c” sonli mehnatkashlar va ularning oila a'zolari o`rtasida “Sog`lom oila” shiori ostida oilaviy sport musobaqalarini o`tkazish to`g`risidagi qarori qabul qilinib, tasarrufdagi boshlang`ich kasaba uyushma tashkilotlariga yetkazildi.

Shu munosabat bilan boshlang`ich tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan xodimlar va ularning oila a'zolari ishtirokida musobaqaning I-bosqichi bo`lib o`tmoqda. Tumandagi 1, 3, 5, 6, 9, 10, 12, 15, 16, 19, 25, 30, 33, 47, 59- umumta'lim maktablarida ham “Sog`lom oila” shiori ostida musobaqalar qizg`in tarzda o`tkazildi.

Belgilangan nizom asosida o`tkazilayotgan musobaqalarda g`oliblar aniqlanib, g`olib jamoalar musobaqaning II-bosqichi uchun tayyorgarlik ko`rmoqdalar.

 DSC_0615 20160123 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar