30/01/2016
Minifutbol sport musobaqalari

 

Коровулбозор минифутбол 2016Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qorovulbozor tuman kengashi tomonidan mehnatkashlar va ularning farzandlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, xodimlarni ommaviy sportga jalb etish maqsadida reja asosida qator sport musobaqalari tashkil etib kelinmoqda.

2016 yilgi sport musobaqalari “millionlar o‘yini” futbol bahslaridan boshlandi. Tumandagi 10-bolalar va o‘smirlar sport maktabi yosh avlodga ta’lim tarbiya berayotgan ustozlar bilan gavjum bo‘ldi. Minifutbol musobaqalarida ustoz-murabbiylar, tashkilot rahbarlari, ishchi-xizmatchilardan iborat 12 ta jamoa o‘zaro bellashdilar. Qizikarli hamda o‘zaro rakobatga boy bo‘lgan musobaqalarda 18-bolalar musiqa va san’at maktabi pedagog va xodimlarining qo‘li baland kelib I-o‘rin sohibi bo‘lishdi. 10-bolalar va o‘smirlar sport maktabi jamoasi II-o‘rin, 8-umumta’lim maktabi jamoasi III-o‘rinni egalladilar.

Musobaqalarda Qorovulbozor 2-son akademik litsey, tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi 1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7-umumta’lim maktablari jamoalari ham faol ishtirok etishdi.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar