16/02/2016
“Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini Ustav talablari asosida tashkil etish va ishni rejalashtirish” mavzusida o‘quv seminar

 

1Ta’lim, fan va madaniyat hodimlari kasaba uyushmasi Oltiariq tumani kengashining boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari uchun 2016 yilning 3 fevral kuni 1-umumta’lim maktabida “Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini Ustav talablari asosida tashkil etish va ishni rejalashtirish” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.

Seminarda ta’lim muassasalari boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mita raislarining 75 nafari ishtirok etdilar.

Seminar orqali barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlariga ish faoliyatlarini me’yoriy xujjatlar asosida tashkillash va xujjatlarni yuritish bo‘yicha namunaviy tavsiyalar berildi. Jumladan;

- boshlang‘ich tashkilotlar ishini rejalashtirish;

- ish rejalari bo‘yicha yig‘ilishlarni o‘tkazib borish;

- ish rejasida ko‘zda tutilgan vazifalar bajarilishini muntazam ravishda tahlil qilib borish (har oy yakunlari bo‘yicha) bajarilmagan bandlarni bajarish choralarini belgilash va amalga oshirish kabi masalalar o‘rganildi. Seminarda qo‘mita yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

2


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar