10/02/2016
Kasaba uyushmalari tomonidan o‘tkazilayotgan sport musobaqalari

 

Мусобакалар-га тайёргарлик давом этмоыда Когон шахар таълимKasaba uyushmalari tomonidan o‘tkazilayotgan sport musobaqalari mehnatkashlar va ularning oila a’zolarining sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib bormoqda. Kuni–kecha Kogon shahridagi 4-umumta’lim maktabida “Sog‘lom oila” shiori ostida tashkil etilgan sport musobaqalari fikrimizning isbotidir.

Maktab ma’muriyati, kasaba uyushma qo‘mitasi, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari musobaqalarga tashkiliy jihatdan puxta hozirlik ko‘rishdi. O‘quv muassasasida mehnat qilayotgan 4 nafar pedagog xodimlar oilasi musobaqalarda ishtirok etish istagini bildirishdi. Nizomga asosan 7ta shartdan iborat bellashuvlardan so‘ng Beglievlar oilasi g‘olib deb topildi. To‘xtamishevlar oilasi “Eng chaqqon oila”, Shodievlar oilasi “G‘alabaga bo‘lgan intilishi yuksak oila” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandilar.

Beglievlar oilasining sport musobaqlarining keyingi bosqichlarida faol ishtirok etish maqsadida maktab sport zalida har kunlik mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. 

Когон шахар таълим 1


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar