11/02/2016
“Navoiyxonlik” tadbirlari

 

Ромитан навоийхонлик тадбири 2Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Romitan tuman kengashi tasarrufidagi kasaba uyushma tashkilotlarida tuman kengashi tomonidan 2016 yil 5 fevralidan 5 martga qadar “Milliy g‘oya targ‘iboti oyligi” e’lon qilingan. Shu munosabat bilan belgilangan chora-tadbirlar rejasi asosida tashkilot va muassasalarda xodimlar o‘rtasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, “Ma’naviyat o‘quv”lari, taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, tuman ma’naviyat-targ‘ibot bo‘limi xodimlari ishtirokida davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ayniqsa, buyuk mutaffakkir shoir, davlat arbobi o‘zbek adabiy tili asoschisi Mir Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlarda barcha ustoz va murabbiylar faol ishtirok etishmoqda. Jumladan, tumandagi 2-umumta’lim maktabida “Barhayot Navoiy”, 11- umumta’lim maktabida “Yurtlarni zabt etgan Hazrat Navoiy, qalblarni naqsh etgan Hazrat Navoiy”, 23- umumta’lim maktabida “Alisher Navoiy ijodi-ma’naviyatimiz quyoshi”, 34- umumta’lim maktabida “Alisher Navoiy-g‘azal mulkining sultoni”, 7- umumta’lim maktabida Navoiy qalblarda hamisha barhayot” kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlarda shoirning g‘azal, ruboiylari yangrab, oning asarlari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, buyuk bobokalanimiz adabiy merosining  chuqur o‘rganilishiga erishildi.  

Ushbu tadbirlar  Prezidentimiz I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarlarida ta’kidlab o‘tilgan “… olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa”, degan fikrning isbotidir.

Ромитан навоийхонлик тадбири1


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar