11/02/2016
Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan oilaviy sport musobaqasi

 

1Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Andijon shahar kengashi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari hamda madaniyat muassasalarida ishlovchi pedagog va ishchi-xodimlarning oilaviy jamoalari  o‘rtasida “Sog‘lom oila” shiori ostida shahar birinchiligi 35-Davlat ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish, “Sog‘lom ona va bola yili” hamda Andijon shahar kengashining 2016 yil ish rejasiga muvofiq mexnatkashlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlariga qiziqishini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish orqali o‘z salomatligiga mas’uliyat xissini shakllantirish, belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Andijon shahar kengashining 2016 yil 9 yanvardagi 4/4o-sonli Rayosati qarori qabul qilinib va barcha boshlang‘ich tashkilotlarga yetkazildi.

Mazkur qaror ijrosi bo‘yicha joriy yilning 6 fevral kunida “Sog‘lom oila” shiori ostida o‘tkazilgan boshlang‘ich tashkilotlarning g‘olib jamoalari shahar birinchiligi musobaqalarida faol qatnashdilar.

Oilaviy jamoalari o‘rtasida shahar birinchiligi 35-Davlat ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazildi. Musobaqada 1-o‘rinni 35-Davlat ixtisoslashtirilgan maktabi, 39-umumta’lim maktabi, 2-o‘rinni 10-, 17-umumta’lim maktablari, 3-o‘rinni 13-, 37-umumta’lim maktablari egalladilar.

Ushbu tadbirda maktabgacha ta’lim muassasalari mudiralari, umumta’lim maktablari direktorlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining direktorlari hamda xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish Andijon shahar bo‘limi “Nuroniy-ustoz” shahar kengashi raisi I.Ahmedovlar ishtirok etdilar. Musobaqa ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

 “Sog‘lom oila” shiori ostida o‘tkazilgan oilaviy sport musobaqalarining g‘oliblari tarmoklararo shahar birinchiligida qatnashishlari uchun yo‘llanma oldilar. Shu bilan birga Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari Andijon shahar kengashining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

2 3 4


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar