14/02/2016
“So‘z mulkining ikki sultoni”

 

1So‘z mulkining sultoni, ulug‘ shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arboblari Alisher Navoiyning boy adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib etishni keng yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi-yoshlar qalbi va ongiga Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur singdirish maqsadida shoir tavalludining 575 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag‘ishlangan “So‘z mulkining ikki sultoni” deb nomlangan adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy va musiqiy tadbir 2016 yil 9 fevral kuni M.T.Toshmuhammedov nomli Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida bulib o‘tdi.

Yosh avlodni yuksak ma’naviyatli insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda Alisher Navoiy asarlari beqiyos ahamiyatga ega.

Ushbu tadbirningning maqsadi Alisher Navoiy va Boburning o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, asarlaridagi teran ijtimoiy falsafa mohiyati, ulug‘ shoirlar ijodining yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, insonlar o‘rtasida mehr-oqibat va samimiyat tuyg‘ularini mustahkamlashdagi beqiyos ahamiyatini anglashga hissa qo‘shish, shoir asarlaridagi insonni ma’naviy kamolotga da’vat etuvchi tuyg‘ular – hamjihatlik, tinchlik va osoyishtalik, bunyodkorlik, vatanparvarlik, halollik singari ezgu g‘oyalar mujassamligini targ‘ib qilish va bu borada yoshlar bilimini nazorat qilishdan iboratdir.

А.Навоий Бобур


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar