06/11/2013
“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi bilan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2012-2014 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi komissiya tarkibi to‘g‘risida

“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi Hay'ati hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosati
Q A R O R    Q I L A D I :

1. “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi va O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi tomonidan kelishuvlarni tuzish tamoyillari asosida tarmoq kelishuvi bo‘yicha muzokaralar olib borish hamda nazoratini amalga oshiruvchi komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Komissiya a'zolariga:
-    ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 30,31,32 moddalariga binoan tarmoq Kelishuvi muddati tugagach yangi muddatga qabul qilinishi yuzasidan muzokaralarga kirishish;
-    kelishuv loyihasini tayyorlashda kompaniya tasarrufidagi tashkilotlar xodimlari, ma'muriyat va kasaba uyushma tashkiloti vakillari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olish;
-    Xukumat Qarorlari, Davlat dasturlari yoki tizimda olib borilayotgan islohatlardan chiqib har yili kelishuvga qo‘shimcha-o‘zgartishlar kiritib borishni tashkil qilish;
-    kelishuvni bajarilishi yuzasidan har yili dekabr oyida ma'lumotlar tayyorlash va muhokama etilishini ta'minlash vazifalari yuklatilsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi raisi o‘rinbosari A.Temirxodjayev hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari R.Kasimovga topshirilsin.

To`liq matnni quyudagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

_word “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2012-2014 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi komissiya tarkibi to‘g‘risida


Ijtimoiy himoya, Kelushuvlarga oid ma`lumotlar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar