03/03/2016
Boshlang‘ich kasaba tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish asosiy maqsad va vazifa

 

1Viloyat kasaba uyushma tashkilotlari Xorazm viloyat birlashmasi kengashi va O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari Respublika Kengashining viloyat bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi bilan hamkorlikda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari ayniqsa, yangi saylangan (107 nafar) kasaba uyushma qo‘mitalari raislariga, faollariga kasaba uyushmalari, ularning maqsad va vazifalari, kasaba uyushma organlarida Ustav talablari asosida faoliyatni yo‘lga qo‘yish, kasaba uyushmalari faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni yuritish, kasaba uyushmalariga berilgan huquq, kafolat va imtiyozlar, ulardan foydalanish tartib-qoidalari, kasaba uyushmalari afzalliklarini keng targ‘ib qilish bo‘yicha qilinadigan ishlar, shuningdek kasaba uyushmalariga berilgan vakolatlardan kelib chiqqan holda xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy sheriklik tamoyillarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, “Bandlik” dasturini bajarilishida kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta'minlash, xodimlarning mehnatini muhofaza qilish, mehnat qonunlariga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish, mehnat jamoalarida madaniy-ma'rifiy va sport-sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish borasida mavjud qonun va qoidalarga tayangan holda kasaba uyushma tashkilotlari, ularning yetakchilari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida tushuncha, tavsiya va ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasining IV Qurultoyi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VII Qurultoyi qabul qilgan xujjatlar, strategik yo‘nalishlar to‘g‘risida barcha darajadagi kasaba uyushma tashkilotlari oldida turgan vazifalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan; “Mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash, Ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish”ga oid mavzu yuzasidan Mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri N.Palvanova, “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kasaba uyushma tashkilotlarining asosiy vazifalari” mavzusida Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri M.Ishmetov, “Mehnat qonunlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda kasaba uyushmalarining huquqlari” to‘g‘risida. Yuridik bo‘lim mudiri M.Atabayev,“ Mehnatkashlarni va ularni oila a'zolarini sog‘lomlashtirish, kasaba uyushma tashkilotlarida moliya-xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yish”. Ijtimoiy sug‘urta bo‘limi mudiri A.Ismailov va Moliya bo‘limi mudiri D.Raxmatullayev, Boshlang‘ich tashkilotlarda ma'naviy-ma'rifiy va sport-sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida”Madaniy-ma'rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri Q.Masharipov hamda “Kasaba uyushmalarining asosiy maqsad va vazifalari, Ustav talablari asosida faoliyatni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”Tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri A.Atadjanovlarning ma'ruzalari tinglandi.

O‘quv-seminar qizg‘in baxs-munozaralarga boy bo‘ldi. Seminar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.

O‘quv-seminar ishida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi R.Jabbarov ishtirok qildi.

Seminar ishiga O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari Respublika Kengashining mas'ul tashkilotchisi M.Raximova yakun yasadi.

2 1

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar