10/03/2016
Ijodkor yoshlarning tanlovi

 

DSC_8946Buxoro muxandislik -texnologiya institutida 2016 yil 9 mart kuni “Yoshlarni zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab quvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Innovatsion g‘oyalar”respublika ko‘rik tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tanlovning institut bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 40 ga yaqin iqtidorli talaba yoshlar, yosh izlanuvchi pedagoglar o‘zlarining ilmiy rahbarlari bilan hamkorlikda yaratgan ilmiy ishlanmalari, innovotsion g‘oyalari, texnologiyalar va loyihalari bilan ishtirok etishdi. Ishchi guruhi raisi institut rektori professor U.T.Muxamedxanov, a’zolari kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Ochilov, ilmiy ishlar prorektori N.Sadullaev, professor H.Rahmonov tanlov ishtirokchilarining yaratgan innovatsion g‘oyalari va texnologiyalari bilan tanishib, mualliflardan yangilik yaratish tarixi, uning ishlab chiqarishda ehtiyoji, shuningdek g‘oyani amalda qo‘llashda mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida savol-javob o‘tkazdilar. Quvonarlisi shundaki, bu yilgi ko‘rik tanlovga o‘tgan 2015 yilgiga nisbatan qatnashchilar soni 2 baravarga oshgan, yosh izlanuvchi talabalar va tadqiqotchilarning yaratgan yangiliklari takrorlanmagan. Ishchi xayati eng yaxshi innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi doirasida ishtirok etgan ishlanmalar ichidan ko‘rik-tanlovning yakuniy bosqichiga tavsiya etish uchun ilmiy loyihalarni saraladi. 10 nafar g‘olib ijodkorlar kasaba uyushmasi qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

DSC_8915 DSC_8918 DSC_8939


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar