11/03/2016
Xotin-qizlar futboli rivojlanmoqda

 

Бухоро туман 2Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, ularni ommaviy sportga jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta’minlash maqsadida Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro tuman kengashi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman kengashi xotin-qizlar komissiyasi tashabbusi bilan kuni-kecha 2016 yil “Sog‘lom ona va bola” yili munosabati bilan tarmoq muassasalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida mini futbol musobaqalari tashkil etildi. Tumandagi yangi tashkil etilgan futbol maydonlarida o‘tkazilgan musoboqalarda 23 ta jamoaning ishtirok etganligi xotin-qizlarning futbolga qiziqib borayotganligidan dalolat beradi. Qiziqarli o‘yinlarni tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiylari boshqarib, hakamlik qilishdi. Murosasiz o‘tgan bahslar natijasiga ko‘ra, tumandagi 14-umumta’lim maktabi jamoasi 1-o‘rinni, 8-umumta’lim maktabi xotin-qizlari jamoasi 2-o‘rinni, 13-IDUM futbolsevar ayollari 3-o‘rinni egalladilar. Tumanda birinchi marta o‘tkazilgan mini futbol musobaqalari ko‘tarinki bayramona kayfiyatda o‘tdi va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Бухоро туман 1 Бухоро туман 4


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar