12/03/2016
Qarshi davlat universitetida “Jamoa shartnomasi” muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi

 

42016 yil 11 mart kuni Qarshi davlat universiteti faollar zalida Qarshi davlat universiteti ish beruvchisi hamda universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2014-2016 yillarga mo‘ljallab tuzilgan “Jamoa shartnoma”sining 2015 yilda tomonlar tomonidan bajarilishiga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish (konferensiya) o‘tkazildi.  Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha, dastlab, Qarshi davlat universiteti ish beruvchisi bilan universitet xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2014-2016 yillar uchun qabul qilingan “Jamoa shartnomasi”ning 2015 – yilda bajarilishi haqida Universitet rektori, professor Shoimqulov Bahodir Allaberdievich va Universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Valiev Tuychi Qorjovovichlarning hisoboti tinglandi.

So‘ngra “Jamoa shartnomasi”ning 2015 yilda bajarilishi bo‘yicha nazorat qilib boruvchi komissiyaning tekshiruv dalolatnomasi muhokama etildi va komissiya raisi, dotsent B.Jo‘raevning axboroti eshitildi. Shuningdek, konferensiyada Universitet ish beruvchisi hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan “Jamoa shartnomasi”ning 2016 yilda ijrosini nazorat qilib boruvchi komissiya tarkibi qayta tasdiqlandi.

Kun tartibidagi so‘nggi masala bo‘yicha “2016 yil – Sog‘lom ona va bola yili” munosabati bilan  “Jamoa shartnomasi”ga qo‘shimcha  va o‘zgartirishlar  kiritildi va barcha masalalar yuzasidan qaror qabul qilinib, tasdiqlandi.

Konferensiya so‘ngida mehnat jamoasi vakillari muzokaraga chiqib o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.

Konferensiyada O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Kubaev Shodmon Rabbimovich, “Ishonch” gazetasining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha muxbiri Akmal Abdievlar ishtirok etdilar.

Konferensiya viloyat televideniesi va matbuot orqali yoritildi.

1 2 3


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar