13/03/2016
Jamoa shartnomasining 2015 yilda bajarilishi yakunlari

 

42015 yil 11 mart kuni Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish yuzasidan institut ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2013-2015 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2015 yilda bajarilishi yakunlari yuzasidan mehnat jamoasinig umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibida “Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ish beruvchisi bilan institut xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2013-2015 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2015 yilda bajarilishi yakunlari”, “Jamoa shartnomasining 2015 yilda bajarilishi bo‘yicha nazorat qilib boruvchi komissiyaning axboroti”, “2016-2018 yillar uchun yangi jamoa shartnomasi loyihasini muhokama qilish”, “Institut ish beruvchisi hamda xodimlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini nazorat qilib boruvchi komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” gi masalalar ko‘rib chiqildi va  tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining tashkiliy ishlar bosh mutaxassisi Xuddiev Mirzakarim Mo‘minovich, Qarshi shahar kengashi raisi Yuldoshev Sherzod To‘raevichlar ishtirok etishdi.

1 2 3 4

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar