15/03/2016
Sog‘lom ayol – sog‘lom jamiyat

 

12016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” dasturi doirasida kasaba uyushmalari tomonidan aholi o‘rtasida, ayniqsa xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommaviyligi ta’minlash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ulanishini kundalik turmush tarziga aylantirish, shuningdek, ayollarning salomatlik darajasini yanada yaxshilashga ko‘maklashish borasida  davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda keng qamroqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlat dasturi asosida hamda Navro‘z umumxalq bayramini ko‘tarinki ruhda kutib olishga qaratilgan tadbirlar doirasida Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xazorasp tuman kengashi tashabbusi bilan tizimda  faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha ayollar sport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqaning birinchi bosqichi tumanning 14 ta qishloqlarida o‘tkazildi va ularda g‘olib bo‘lgan 84 nafar xotin-qizlar iborat 14 ta jamoa Olimpiya usulida kuch sinashdilar.

Musobaqa natijalariga ko‘ra tumandagi “Karvak” qishlog‘ida joylashgan 4-umumta’lim maktabi jamoasi 1-o‘rinni, “Pichoqchi” qishlog‘ida joylashgan 28-umumta’lim maktabi jamoasi 2-o‘rinni va “Muxomon” qishlog‘ida joylashgan 25-umumta’lim maktabi va Pitnak qishlog‘ida joylashgan 8-umumta’lim maktabi jamoalari 3-o‘rinni egallashdi.

G‘olib chiqqan sport musobaqa jamoalari va barcha ishtirokchi jamoalar Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xazorasp tuman kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

4 5 2 3


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar