18/03/2016
G‘ijduvonda Navro‘z sayli

 

DSC_0093Jonajon Respublikamizning barcha go‘shalarida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda.

Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘ijduvon tuman kengashi va tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi hamkorligida “Navro‘z sayli” o‘tkazildi. Tadbirga tumanda uzoq yillar davomida ta'lim va madaniyat tizimida mehnat qilgan faxriy ustozlar, iste'dodli yoshlar, kasaba uyushmasi faollari taklif etildi. Doshqozonlar osilib, sumalak tayyorlandi. Sumalak atrofida sho‘x laparlar, ibratli rivoyatlar yangradi, Navro‘z mushoirasi bo‘ldi. Karnay-surnay sadolari ostida kutib olingan mehmonlar tabiat og‘ushida so‘lim go‘shada tayyorlangan dasturxon atrofida to‘planib, mustaqillik tufayli qadimiy an'analarimiz tiklanganligiga shukronalar aytishdi. Ijro etilgan o‘zbek, qozoq, rus, ukrain qo‘shiqlar va raqslari tadbirga o‘zgacha mazmun baxsh etib, turli millat vakillarining tinch-totuv, mehr oqibat ila yashayotganligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Bayram tadbiri dasturi asosida o‘tkazilgan milliy kurash bo‘yicha sport musobaqalari hammada qiziqish uyg‘otdi. Tizimda fidokorona mehnat qilgan bir guruh ustoz murabbiylarga ehtirom ko‘rsatilib sovg‘a-salomlar tarqatildi.

DSC_0036 DSC_0048 DSC_0083 DSC_0107

DSC_0112 

DSC_0153

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar