19/03/2016
O‘zbekiston-umumiy uyimiz

 

20160312_104909Bu yilgi Navro‘z o‘zgacha shodiyona bilan kirib kelmoqda, chunki, Navro‘zni umumxalq bayrami sifatida nishonlayotganimizga aynan shu yil 25 yil bo‘ldi. Romitan tuman tashkilotlarida ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi tomonidan “Navro‘z-kadriyatlarimiz timsoli” deb nomlangan tadbirlar rejasi asosida bir qator bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Mehnat jamoalarida atrof-muhitni, ona zaminni ardoqlab, uning ne'matlarini, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga da'vat qiladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar uyushtirildi. Xuddi ana shunday tadbirlardan biri “O‘zbekiston-umumiy uyimiz” mavzusi ostida tumandagi 3-umumta'lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jamoada bir oila bo‘lib mehnat qilayotgan o‘zbek, rus, tatar, koreys millatiga mansub bo‘lgan xodimlar ishtirok etishdi. Ular tomonidan tayyorlangan “Assalom Navro‘zi olam!” hamda “Maslennitsa prishla-otkrыvay vorota!” mavzularidagi sahnalashtirilgan chiqishlar turli millat vakillarining jonajon yurtimizda bir oila bo‘lib, ahil va baxtiyor yashayotganligidan dalolat berdi. Turli millat kuy-qo‘shiqlari yangradi.

20160312_110912 20160312_111105 20160312_121204


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar