20/03/2016
O‘lkamizga Navro‘z keldi!

 

12016 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda barcha jamoalar o‘zgacha ko‘tarinkilik bilan tayyorgarlik ko‘rildi. Ana shunday jamoalardan birida, Urganch Davlat Universiteti professor, o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlari tomonidan Navro‘z bayrami sayli o‘tkazildi. Navro‘z sayli tadbirlari sumalak pishirish bilan boshlandi.

Navro‘z sayliga viloyatimizdan mehmonlar, umumta'lim maktablari o‘quvchilari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalari jamoasi va boshqalar tashrif buyurishdi. Ertasi kuni tarix fakulteti binosi oldidagi maydonda fakultet jamoalarining bahor taomlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Universitet oshxonasi oldidagi katta maydonda talabalarni ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Universitetning bosh o‘yingohida fakultet jamoalarining badiiy chiqishlari, sportning milliy (kurash, arqon tortish, tosh kutarish va boshqa) turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. O‘yingohning yo‘laklarida o‘quvchilarning milliy an'analarimizdan varrak uchirish, asfaltga rasm chizish va boshqa turlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Sportning milliy turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar, bahoriy taomlar, talabalarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi va boshqa tanlovlar g‘oliblari universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi, kamolot yoshlar ijtimoiy harakati esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Navro‘z sayliga universitetda ishlab nafaqaga chiqgan faxriylar taklif qilindi.

2 3 4 5 7 6 8 9 10 11 12 13 14

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar