24/03/2016
“Sog‘lom oila” respublika oilaviy sport musobaqalari

 

3Mehnatkashlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, ishchi-xizmatchilar va ularning oila a'zolarini sportga keng jalb etish, bu orqali xodimlar salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzi barqarorligini ta'minlash masalalari bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ustuvor vazifalari qatoridan o‘rin olgan.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Sog‘lom oila” Respublika oilaviy sport musobaqalari ham nafaqat xodimlar, balki ularning oila a'zolarini ham qamrab oldi.

“Sog‘lom oila” shiori ostida o‘tkazilayotgan Respublika oilaviy sport musobaqalari bu yil “Sog‘lom ona va bola” yilida to‘rt bosqichda o‘tkazilib, 1-bosqichi korxona, tashkilot va muassasalarda, 2-bosqichi tuman, shaharlarda, 3-bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar birinchiliklari tarzda o‘tkazildi.

Joriy yilning 24 mart kuni Andijon viloyatida Respublika mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining g‘olib oilaviy jamoalar ishtirok etib, final bosqichi g‘olibligi uchun o‘zaro bellashdilar.

Sport musobaqalarning Respublika final bosqichida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi vakili E.Rahmonova hamda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati viloyat bo‘limi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi kabi hamkor tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra o‘z mahoratlarini a'lo darajada namoyish etgan oilaviy jamoalar orasidan faxrli 1-o‘rinni ta'lim, fan va madaniyat xodimlari  kasaba uyushmasi Qo‘rg‘ontepa tuman kengashidan ishtirok etgan ota, ona va o‘g‘il farzandi bor Ahmedovlar hamda ta'lim, fan va madaniyat xodimlari  kasaba uyushmasi Bo‘z tuman kengashidan ishtirok etgan ota, ona va qiz farzandi bor Ismoilovlar oilalari egalladilar.

Faxrli 2-o‘rinni Namangan viloyatidan ota, ona va o‘g‘il farzandi bor Erkinovlar hamda ota, ona va qiz farzandi bor Sobirovlar oilalari, faxrli 3-o‘rinni Farg‘ona viloyatidan ota, ona va o‘g‘il farzandi bor Dadajonovlar hamda ota, ona va qiz farzandi bor Mamtaliyevlar oilalari egalladilar. 

G‘olib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaxo sovg‘alari topshirildi.

1

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar