25/03/2016
“Yilning eng faol tarbiyachisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

 

2Sho‘rchi tuman xalq ta'limi muassasasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi va tuman ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma kengashi bilan hamkorlikda 2016 yil 25 mart kuni “Yilning eng faol tarbiyachisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlov hududlar bo‘yicha 33 nafar maktabgacha ta'lim muassasalarida o‘tkazildi. Unda tuman bosqichiga hududlardan 1-o‘rinni egallagan 33 nafar tarbiyachilar ishtirok etdi.

Unda oliy o‘rinni 29-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Avliyoqulova Muhabbat, 1-o‘rinni 9-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Nazarova Jamila, 2-o‘rinni 4-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Bozorova Sanobar, 3-o‘rinni 20-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Normomatova Zulfiyalar egalladi.

G‘oliblarga tuman ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma kengashining qimmatbaho esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

1 3

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar