16/04/2016
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda kasaba uyushmalarining o‘rni

 

5Ma'lumki, kasaba uyushmalari tizimida sport-sog‘lomlashtirish ishlari eng dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Chunki tizimda yil davomida turli yo‘nalishdagi sport musobaqalarining bosqichma-bosqich o‘tkazilib kelishi fikrimiz isbotidir.

Ta'lim, fan madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Koson tuman kengashi tomonidan “Sog‘lom ona va bola” yili dasturi doirasida xotin-qizlar spartakiadasi o‘tkazildi.

Spartakiada tashkil etilishi orqali xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xotin-qizlarni sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish, sport va sog‘lom turmush tarzi asoslari orqali xodimlarni turli kasb kasalliklaridan muhofaza qilish ko‘zda tutilgan.

Tumandagi 7-umumta'lim maktabida sportning 7ta turi bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur musobaqada xalq ta'limi tizimiga qarashli ta'lim muassasalaridan 200 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdilar.

Tadbirda voleybol sport turi bo‘yicha tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi;

Armsport (qo‘l jangi) turi bo‘yicha 86-umumta'lim maktabi;

Stol tennisi bo‘yicha 7-umum ta'lim maktabi;

Shashka sport turi bo‘yicha 1-umumta'lim maktabi;

Shaxmat sport turi bo‘yicha 71-umumta'lim maktabi;

Arqon tortish sport turi bo‘yicha 91-umum ta'lim maktabi;

100 metrga yugurish sport turi bo‘yicha 21-umumta'lim maktabi vakillari g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

G‘oliblar tuman kasaba uyushma kengashining “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Mamnuniyat bilan ta'kidlash joizki, tumanda mazkur musobaqalar tom ma'noda kasaba uyushma xodimlarining intiqib, orziqib kutadigan sport bayrami ahamiyatini kasb etgan.

2016 yilda tuman kengashi tomonidan tasdiqlangan sport tadbirlari taqvimiy rejasiga ko‘ra tarmoq tizimidagi tashkilot va muassasalar xodimlari o‘rtasida 5ta sport musobaqalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari mazkur musobaqalarning tashkilotchilari sanaladi.

Tuman kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan ayni kunda “Kasaba Tur” velomarafoniga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Zero, sport-salomatlik garovi, sog‘lom turmush tarzining munosib kafolatidir.

4 1 3

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar