06/05/2016
“Utozlarni yod etish-shogirdlar saodati”

 

DSC_0268Mehnat faxriylari qadr topgan yurt­­da mehr-oqibat, qut-bara­ka, tinchlik-xotirjamlik bo‘­ladi. Shu bois xalq ta'limi tizimida fidokorona mehnat qilib, bugungi­ kunda nafaqada bo‘lgan faxriylarni ijtimoiy himoyalash, sihat-salomatligidan xabardor bo‘lish, tibbiy sihatgohlarda salomatliklarini tiklashga ko‘maklashish, moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish kasaba uyushmalarning asosiy vazifalaridan biridir.

Joriy yil 5 may kuni Buxoro shahar 25-umumta'lim maktabida “Xotira va qadlash kuni” arafasida jamoa a'zolari, o‘quvchilar, jamoat tashkilotlari ishtirokida katta bayram tadbirlari o‘tkazish an'anaga aylangan. Bu yil ham “Ustozlarni yod etish- shogirdlar saodati” mavzusida XXVIII An'anaviy spartakiada tashkil etildi.

Mazkur tadbirga ta'lim dargohida mehnat qilib, hozirda nafaqada bo‘lgan 26 nafar mexnat faxriylari hamda 13 nafar vafot etgan xodimlar oila a'zolari taklif etildi. Tantanali tadbir oldidan so‘zga chiqqanlar ustozlarning ma'rifat ulashishdek mashaqqatli mehnatlarini har bir shogird nechog‘li qadrlashi va ular oldida bosh egishlarini ta'kidlab o‘tishdi. Tadbirda ta'lim muassasining o‘quvchilari ijrosida bayram dasturi tayyorlanib, kuy-qo‘shiqlar, raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar o‘rtasida erkin kurash, voleybol, stol tennisi, armresling bo‘yicha, faxriylar o‘rtasida shaxmat, shashka, xodimlar va ularning oila a'zolari o‘rtasida “Sog‘lom oila” sport musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbir yakunida musobaqa g‘oliblari xamda mehnat faxriylariga Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shahar kengashining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

DSC_0085 DSC_0268

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar