04/05/2016
“Kasaba-tur” velomarafonining tuman bosqichi

 

IMG_6589Jizzax viloyati Forish tumanida shu yilning 30-aprel kuni “Kasaba-tur” velomarafonining tuman bosqichi bo`lib o`tdi. Unda 56 ta tashkilot va muassasalardan, barcha tarmoqdagi kasaba uyushma tashkilotlarida ishlovchi 167 nafar velosport havaskorlari ishtirok etishdi. Qatnashchilarning 44 nafarini xotin-qizlar tashkil etdi.

“Kasaba-tur” velomarafonini o`tkazishdan asosiy maqsad – mehnatkashlar o`rtasida sportning ommaviyligini oshirish, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, bu orqali ular salomatligini mustahkamlash, turli soha xodimlari o`rtasida o`zaro do`stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ularning mazkur sport turiga bo`lgan qiziqishlarini oshirish hamda ekologik toza transport turini ommalashtirishga qaratilgan bo`lib qizg`in bellashuvlarda havaskor velosportchilar sportning ushbu turiga qiziqishlari katta ekanligini namoyish etdilar.

20 dan 35 yoshgacha bo`lgan erkaklar o`rtasidagi bellashuvlarda tumandagi 5-umumta’lim maktab o`qituvchisi Berkinov Ma`ruf g`alaba qozongan bo`lsa, ayollar o`rtasida 16-umumta’lim maktab murabbiysi Bahromova Shahnoza g`olib bo`ldi. 35 va undan katta yoshdagilar o`rtasida 16-umumta`lim maktab o`qituvchisi Bahromova Shoira va tuman markaziy shifoxonasi shifokori Mirkomilov Rustamlar birinchi o`rinni egalladilar.

Musobaqada g`olib bo`lgan havaskor velosportchilar yosh toifalari bo`yicha I, II va III o`rinlar uchun diplom hamda “Eng yoshi ulug` poygachi”, “Eng mahoratli  poygachi”, “G’alabaga bo`lgan intilishi uchun”, “Eng yosh poygachi”, “Eng faol ayol poygachi” nominatsiyalari bo`yicha taqdirlandilar.

IMG_6613 IMG_6625 IMG_6646


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar