07/05/2016
“Kasb-xunar kollejlari bitiruvchilari uchun ishga joylashishda imtiyozlar va mexnat kafolatlari to‘g‘risida” mavzusidagi Seminar

 

2Sirdaryo viloyati O‘rta maxsus kasb-xunar kollejlarining 2015-2016 o‘quv yili bitiruvchilarini keyinchalik egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishni nazarda tutgan  xolda, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun aniq korxona va tashkilotlarga – ish beruvchilarga biriktirish hamda ishga joylashtirishni tashkil etish maqsadida bitiruvchilar ishtirokida o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

2016 yil 15 aprelda Guliston shahar san'at kollejida  o‘tkazilgan seminarda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga karatilayotgan e'tibor,yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, kollej bitiruvchilari uchun berilgan imtiyozlar, ishga joylashish va ish bilan ta'minlanish bo‘yicha atroflicha ma'lumotlar berib, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta'limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta'lim muassasasini tamomlagan bitiruvchi yoshlarga keng imkoniyat yaratilganligi, ya'ni Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartish ish beruvchinig Mehnat kodeksi 84-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzayotganda “dastlabki sinov muddati” belgilashi mumkin emasligini, shuningdek, Mehnat kodeksiga yangi 2471-modda kiritilganli, mazkur yangi modda “Ta'lim muassasalarining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kafolatlar” deb nomlanib, unga ko‘ra o‘rta maxsus, kasb-xunar ta'limi muassasalarining, shuningdek davlat grantlari bo‘yicha ta'lim olgan oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta'lim muassasasini tamomlagan kundan e'tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilari bilan mehnat shartnomasi u tuzilgan kundan e'tiboran uch yillik muddat o‘tguniga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganida ish beruvchi bu haqda mahalliy mehnat organini xabardor qilishi shartligi belgilab  qo‘yilganligi to‘g‘risida tushuntirish, shuningdek talabalarga kasaba uyushmasi afzalliklari va korxona, tashkilotlardagi jamoa shartnomalari orqali keng imkoniyatlardan to‘liq foydalanishlari mumkinligi haqida to‘liq ma'lumotlar  berildi.

Yig‘ilishda O‘zbekitson Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT)ning konvensiyalari va milliy qonunchiligimizda mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlari himoyasining kafolatlari, kasaba uyushmasining maqsad vazifalari haqida ma'lumotlar berildi.

Yig‘ilishda kollej bitiruvchilarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

1 2

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar