10/05/2016
Kasaba uyushmalari – faxriylarga aksiyasi

 

49-May “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Kasaba uyushmalari -faxriylarga” aksiyasi doirasida Urganch davlat Universiteti  kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qator tadbirlar uyushtirildi.

Urganch Davlat Universitetida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabatibilan 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarin va front orqasida mehnat qilgan faxriylari holidan xabar olish maqsadida targ‘ibot guruhlari tashkil qilindi. Ular Yangibozor, Shovot,Qo‘shko‘pir, Bog‘ot tumanlarida istiqomat qilayotgan urush qatnashchilari holidan xabar olib, moddiy va ma'naviy jihatdan ularga alohida ehtirom ko‘rsatildi.

Shuningdek, 7-may kuni Universitetning yangidan rekontruksiya qilingan Madaniyat saroyida mazkur ilm dargohida uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan mehnat faxriylari va universitet faollari va talaba yoshlar ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.

Urganch Davlat Universiteti  kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan front orqasida mehnat qilgan 1 nafar professor va 5 nafar baynalminalchi jangchilarga bir minimal ish haqi miqdorida mukofot puli berildi. Uchrashuvning badiiy qismida Universitetning “Yoshlik navolari” ansambli ishtirokida konsert berildi.Tadbirda Ta'lim,fan va madaniyat xodimlar kasaba uyushma Respublika kengashi ma'sul tashkilotchisi M.Raximova ishtirok etdi.

1 2 3 5

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar