30/04/2016
“KASABA-TUR” velomarafoni

 

Безымянный“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni hayotga tadbiq etish, ta'lim muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali salomatligini tiklashga ko‘maklashish, velosportning ommaviyligini oshirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushma Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2016 yil 5 apreldagi “Havaskor velosportchilar o‘rtasida “KASABA-TUR” velomarafonini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2-51”s”-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat muassasalari xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent shahri bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi, O‘zbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent shahri bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi, Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yashnobod tuman kengashi, Iste'mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Yashnobod tuman kengashi, Yashnobod tuman Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi, Yashnobod tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahar filiali bilan hamkorligida tumandagi barcha tarmoqlarda ishlayotgan havaskor velosportchilar o‘rtasida 2016 yil 29 aprel kuni soat 12-00da 244-sonli umumta'lim maktabida “KASABA-TUR” velomarafoni o‘tkazildi.

Velomarafonda Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yashnobod tuman kengashi tassarrufidagi ta'lim muassasalaridan 85 nafar, Iste'mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari 19 nafar,O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash xodimlari 26 nafar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat muassasalari xodimlari 22 nafar, Agrosanoat majmui xodimlari 21 nafar hamda aloqa xodimlaridan 10 nafar kasaba uyushma a'zolari jami 183nafar ishtirokchilar qatnashdi.

Velomarafon qiziqarli va belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.

Nizom bo‘yicha Birinchi o‘rinni

20-35 yoshgacha erkaklardan 151-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Nazarov Abdurasul, ayollardan 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi xodimiLukiyenko Irina egalladi.

35 yosh va undan katta yoshdagilar bo‘yicha erkaklardan 170-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Baykov Oleg, ayollardan esa 166-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Nozadze Tamara egallagan.

Nizom bo‘yicha Ikkinchi o‘rinni

20-35 yoshgacha erkaklardan 149-umumta'lim maktabi xodimi Ne'matov Muxridin, ayollardan 166-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Fedotova Olesya egalladi.

35 yosh va undan katta yoshdagilar bo‘yicha erkaklardan 149-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Yunusov Abdurashid, ayollardan esa 244-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Mannanova Maxbuba egallagan.

Nizom bo‘yicha Uchinchi o‘rinni

20-35 yoshgacha erkaklardan Yashnobod kompyuter texnologiyalari kolleji o‘qituvchisi Nishonov Alisher, ayollardan 557-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Deryabina Yelena egalladi.

35 yosh va undan katta yoshdagilar bo‘yicha erkaklardan 282-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Yusupov Xaydar, ayollardan esa 161-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Narisheva Gulnoraegallagan.

Bundan tashqari 5 ta nominatsiyalar bo‘yicha

Eng yoshi ulug‘ poygachi, eng maxoratli poygachi, g‘alabaga bo‘lgan ishtilishi uchun, eng yosh poygachi hamda eng faol ayol poygachi nominatsiyalari bo‘yicha 14 nafar ishtirokchilar g‘olib deb belgilandi.Sovrinli o‘rinlarni egallagan va naminatsiyalar bo‘yicha g‘olib bo‘lganlarga tarmoq kasaba uyushmalarining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

2 3 4 5

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar