03/05/2016
Spartakiada musobaqalari

 

DSC_ 028Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Uzun tuman kengashi tomonidan ta'lim muassasalarida mehnat qilayotgan xodimlarni sportga keng jalb etish va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini, Ona vatanga muhabbat, mardlik va jasorat kabi fazilatlarni shakllantirish hamda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida tumandagi barcha ta'lim muassasalari, sportning 8 turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Dastlab musobaqalar 9ta hududlarda bo‘lib o‘tdi. Hududlarda 2500 nafardan ziyod xodimlar musobaqalarda ishtirok etishdi. Hudud g‘oliblari 2016 yil 1-may kuni tumandagi “H.Qulniyozov” nomli bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi va 6-umumta'lim maktabi sport zalida o‘zaro kuch sinashdi. Umumjamoa hisobida 64-umumta'lim maktabi jamoasi 1-o‘rinni, 24-umumta'lim maktabi jamoasi 2-o‘rinni, 28-umumta'lim maktabi jamoasi 3-o‘rinni egallashdi. Sportning voleybol turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida 64- kmumta'lim maktabi jamoasi, erkaklar o‘rtasida 28-umumtalim maktabi jamoasi birinchilikni egallashdi. Spartakiada yuqori saviyada o‘tkazildi.

DSC_ 041 DSC_ 042 DSC_ 043

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar