07/05/2016
Inson xotirasi muqaddas

 

???????????????????????????????Buxoro muhandislik texnologiya instituti ma'muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Xotira va qadrlash kuni”ni keng nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashbbusi bilan ishchi gurhi tuzilib, oliygohning “Xotira kitobi” tashkil etildi. 80 nafar marhum olimlar va ustozlarning fotosuratlari va ular to‘g‘risidagi ma'lumotlar to‘planib, kitobga kiritildi.

2016 yil 6 may kuni instituda mehnat qilgan 120 nafar mehnat faxriylari ishtirokida bayram tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir “Xotira kitobi”ning taqdimoti bilan boshlandi. Mehnat faxriylari o‘zlari bilan bir safda mehnat qilgan marhum ustozlarni yodga olishdi. “

Uch avlod uchrashuvi” tadbir ishtirokchilariga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. uchrashuvda mexnat faxriylari , faoliyat yuritayotgan pedagog olimlar va yosh izlanuvchi tadqikotchilar ishtirok etdilar. Tadbirni kirish so‘zi bilan institut kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sh.Ochilov boshlab, institutda bugungi kundagi o‘zgarishlar, jamoaning muvaffaqitlari haqida so‘z yuritib, ustozlarni hozirda ular boshlangan xayrli ishlarni davom ettirayotgan yosh avlod bilan tanishtirdi. Institut ilmiy saloxiyati, bakalavr va magistratura ta'limidagi yangi ochilgan yo‘nalishlar to‘g‘risida o‘quv ishlari prorektori professor Q.Olimov so‘zga chikdi. Tadbir davomida so‘zga chikgan mehnat faxriylari-professor M.Mustafoyev, dotsent N.Sharipov, dotsent M.Azimov mustaqillik sharofatidan qariyalarni qadrlash va e'zozlashga, qolaversa marxum do‘st barodarlarimiz xotirasini abadiylashtirishga katta e'tibor berilayotgani inson qadri hamma narsadan ustunligining yana bir karra isboti ekanligini ta'kidlab, tinch, farovon hayotimizga shukronalar aytdilar.

??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ???????????????????????????????


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar