12/05/2016
Sport doimiy hamrohimiz

 

DSC_1242Buxoro davlat universiteti xodimlari may oyini intiqlik bilan kutishadi. Oliy o‘quv yurtida may oyida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazish an'anaga aylangan.

Oliygohda faoliyat yuritayotgan olimlar, xodimlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilishmaqsadida kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan “Sport – sog‘lik garovi” shiori ostida sportning stol tennisi” va mini futbol turlari bo‘yicha musobaqalarning e'lon qilindi. Minifutbol musobaqalarida 10ta jamoa – 100 nafar ishtirokchi o‘z jamoasi g‘alabasi uchun to‘p surdi. Stol tennisi musobaqalarida 30 nafardan iborat 5ta jamoa ishtirok etdilar.

Zamonaviy tarzda bunyod etilgan sport maydonlarida o‘tgan bir necha kunlik bahslar g‘oliblarni aniqlab berdi. Minifutbol musobaqalarida barcha raqiblarni mag‘lubiyatga uchratgan jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi shohsupaning birinchi pog‘onasini egallab, kasaba uyushma qo‘mitasining kubogini qo‘lga kiritdi. Harbiy fakultet jamoasiga ikkinchi, ma'muriy boshqaruv xodimlari jamoasiga uchinchi o‘rin nasib etdi. Stol tennisi musobaqalarida ayollar o‘rtasida M.G‘afurova, X.Qayumova, erkaklar o‘rtasida S.Akramov, O.Farmonov, Sh.Boltayev va A.Qodirovlarning qo‘li baland keldi.

G‘oliblar kasaba uyushmasining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

DSC_1222

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar