18/05/2016
Kasaba uyushmasi – kollej bitkazuvchilariga!

 

1Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda, shuningdek har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatining izchil amalga oshirilishida kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta'minlash, ushbu yo‘nalishga oid belgilangan chora-tadbirlarning hayotga tadbiq etilishida yaqindan amaliy yordam ko‘rsatib borish maqsadida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati tashkilotlarida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tarmoq tasarrufidagi 38ta kasb-hunar kollejlarini 2015/2016 o‘quv yilida 11103 nafar o‘quvchilar bitkazadi, ularning 5687 nafarini qizlar tashkil etadi.

Kollej bitkazuvchilarini bandligini ta'minlash, salomatligini muhofaza qilish, ehtiyojmand oila farzandarini qo‘llab-quvvatlash choralari kasaba uyushmalarining doimiy diqqat e'tiborida bo‘lmoqda.

Bevosita kollej bitkazuvchilarining korxona va tashkilotlarda bitiruv amaliyotini o‘tash jarayonlarida ularning mehnatini muxofaza qilish, texnika xavfsizligini ta'minlash borasida bilim ko‘nikmalarini shakllantirish borasida amaliy yordamlar berilmoqda.

Shu bilan bir qatorda bitkazuvchilardan kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan o‘quvchilarga amaliyot o‘tash jarayonida respublikada belgilangan eng kam ish xaqining 20 foiz miqdorida moddiy yordam ko‘rsatish an'anasi joriy yilda ham davom qildirilib, shahar va tuman tashkilotlarimiz tomonidan 350 nafardan ortiq bitkazuvchilarga moddiy yordamla ko‘rsatilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Xonka tumanida o‘tkazildi. Tuman Maishiy xizmat va Axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida “Yoshlar xaftaligi” doirasida o‘tkazilgan tadbirda 20 nafar amaliyotchi o‘quvchilarga 600 ming so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa, ularni amaliyot ustozlariga ham tuman Kengashining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Xorazm viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi Muyassar Raximova ishtirok qildi. Shuningdek, bevosita amaliyot joylariga chiqib ham amaliy yordam uyushtirildi.

2 3 4  1

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar