13/05/2016
Biz buyuk yurt avlodlarimiz

 

SAM_3889O‘zbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun- mohiyati va bu borada amalga oshirilayotgan  ishlar to‘g‘risida Sirdaryo Boyovut tumani 4-umumta'lim maktabida 12-may kuni kasaba uyushma a'zolari va o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, kelajakda qanday yuksak marralarni egallashimiz lozim” mavzusida “Ma'navitya soati” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda “Nihol” mukofoti sovrindori Alisher Ro‘zimetov, O‘zbek milliy kino aktyori Kamoliddin Qosimov, Sirdaryo viloyat Ma'naviyat targ‘ibot markazi vakili Ibrohim Qorabekovlar ishtirok etdi. Ular milliy qadryatlarimiz, madaniy merosimiz ularni jamiyatdagi o‘rni, kelajak avlodga ularni asrab-avaylashda yoshlarning burchi va mas'ulyati to‘g‘risida o‘z fikr mulohalarini bildirdilar.

So‘zga chiqqanlar barcha sohalarda yurtimizda mustaqillik yillaridagi amalga oshirilgan islohatlar to‘g‘risida, mafkuraviy immunitetni shakllantirish, shukuronalik, vatanparvarlik, kelajakka ishonchni yanada orttirishga, zararli illatlardan yoshlarni asrash va himoyalashga xizmat qilishni borasida fikr mulohazalar bildirishdi.

Tadbirda “Nihol” mukofoti sovrindori Alisher Ro‘zimetov o‘z ijrosida Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar kuyladi.

Tadbirda  ishtirokchilarning savollariga atroflicha javolar berildi.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar