26/05/2016
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”

 

3Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Asaka tuman kengashiga qarashli 66ta umumta'lim maktablarida 2016 yil 25 may kuni “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ta'lim muassasalarining ochiq maydonlarida ko‘tarinki ruhda, tinch va osoyishta o‘tkazildi.

Unda tumandagi hokimlik, ichki ishlar bo‘limi xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari, fahriy o‘qituvchilar, maktablarning sobiq bitiruvchilari, ota-onalar hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Ta'lim muassasalarning 4400 nafar bitiruvchilari, 20850 nafar o‘quvchilar, 2860 nafar ota-onalar, 165 nafar hokimlik va jamoat tashkilotlari vakillari, jami 28275 nafar fuqarolar “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etishdi.

Shu bilan birga 130 nafar tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari, tinch va osoyishta o‘tishida xizmat qilishdi. 66 nafar xokimlik vakillari hamda 66 nafar jamoatchilik vakillari tabriklashdi.

Tadbirlarda 2015-2016 o‘quv yilida fan, sport, bilimlar bellashuvi va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etgan, namunali hulqi bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan ilg‘or o‘qituvchilar, iqtidorli o‘quvchilar taqdirlandilar va rag‘batlantirildilar.

Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi tomonidan 30 nafar o‘qituvchi va xodimlariga esdalik sovg‘alari tarqatildi. “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Xayr maktab-salom kollej” shiori ostida ishlab chiqilgan tavsiyalar ostida o‘tkazilib, 9-sinf bitiruvchilari o‘zlari tanlagan kasb bo‘yicha yaqin atrofdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida kollejlardagi yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishuv, o‘qituvchilar bilan suhbatlar tashkil etildi.

1 2 4 3

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar