27/06/2016
Toshkent shahar bosiqichi g‘oliblari aniqlandi

 

DSC_1941O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta'minlash hamda yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib voyaga yetishlarida yaqindan qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish, mustahkamlash maqsadida bir qator vazirliklar, idora va tashkilotlar hamkorligida “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, “Eng faol yosh sport murabbiy” tanlovi poytaxtimizning barcha tumanlarida tashkil etilib, eng yaxshi ko‘rsatkichga ega sport murabbiylari saralab olindi va Toshkent shahar bosiqichiga tavsiya etildi.

“Eng faol yosh sport murabbiy” tanlovining Toshkent shahar bosiqichi joriy yilning 24 iyun kuni Yakkasaroy tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi binosida tashkil etildi.

Mazkur tanlovda barcha tumanlardan hamda oliy ta'lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi. Tasdiqlangan mezon asosida ishtirokchilarning faoliyati, erishgan yutuqlari hisobga olingan holda, ularning taqdimoti, notiqlik san'ati va savol-javoblar asosida eng kuchililar saralandi.

Saralash natijasida, “Eng faol yosh sport murabbiy” tanlovining Toshkent shahar bosiqichi quyidagilar faxrli o‘rinlarni egallashdi:

1-o‘rin – Usmonov Sherpo‘lat O‘tkirovich – Mirobod tumani 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi;

2-o‘rin – Mirzayev Abdulxamit Marifovich – Toshkent arxitektura qurilish instituti “Jismoniy tarbiya kafedrasi” mudiri

3-o‘rin – Tojiboyev Muzaffar Sotvoldiyevich – Chilonzor tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi.

Respublika bosqichiga hakamlar hay'ati xulosasiga ko‘ra – Mirobod tumani 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi Sherpo‘lat Usmonov nomzodi tavsiya qilindi.

DSC_1939 DSC_1944 DSC_1965 DSC_1955

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar