24/06/2016
Eng faol yosh olimlar respublika bosqichida

 

IMG_3811Joriy yilning 23 iyun kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasida  “Yilning eng faol yosh olimi” tanlovining Toshkent shahar va Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta'minlash hamda Yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda  tashkil etilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovi va “Yosh mutaxassislar” IV Respublika Forumi doirasidagi “Yilning eng faol yosh olimi” tanlovi Fanlar akademiyasi va Oliy ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan muassasalaridagi yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh olimlarni aniqlash, ularning kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kungacha saralash bosqichlaridan 100 dan ortiq Yosh olimlar ishtirok etib shahar bosqichiga shulardan 20dan ortig‘i yetib keldi. O‘z tengdoshlari orasida yuqori natijaga erishgan quyidagi tanlov g‘oliblari shahar bosqichida kuch sinash uchun qadam qo‘ydilar. Bular orasidan yuqori ko‘rsatgichlarga erishgan yosh olimlarimiz Respublika tarmoqlararo bosqichiga chiqish uchun tavsiya qilinadi. Tanlovning ishtirokchi g‘oliblari bilan tanishing. Shahar bosqichida hakamlar hay'ati tomonidan yosh olimlarning mehnat huquqi, ingliz tilini o‘zlashtirilganlik darajasi, doktorlik dissertatsiyalarini yoritilishi bo‘yicha taqdimoti, hamda mezon asosida savol javoblar asosida keng baxs munozalalar asosita o‘tkazildi. Natijada O‘zbekistong Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tadqiqot muasssasida Toshkent shahri bo‘yicha Faxrli 1- o‘rinni Toirov Olimjon Zuvurovich, O‘zFA Energetika va avtomatika instituti katta ilmiy xodimi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tasarrufidan Faxrli 1-o‘rinni – Tajibayev Soyib Samijonovich “Boks, qilichbozlik va taekvando nazariyasi va uslubiyoti”kafedrasi o‘qituvchisi, mustaqil izlanuvchilar tengdoshlarida ko‘ra yuqori ko‘rsatgich ko‘rsatdilar.

2 – o‘rin Turginov Orzimat Turdimatovich, O‘zFA O‘simlik va xayvonot olami genofondi instutiti kichik ilmiy xodimiga nasib etgan bo‘lsa, 3 o‘rin Usmanova Xulkar Asadullayevna Toshkent Davlat texnika universiteti, Metrologiya,standartlashtirish va sertifikatsiya lash kafedrasining katta ilmiy xodim izlanuvchisi egalladi.

Respublika bosqichiga Xakamlar hay'ati xulosasiga ko‘ra – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot muassasalari o‘rtasida Faxrli 1 – o‘rinni Toirov Olimjon Zuvurovich, O‘zFA Energetika va avtomatika instituti katta ilmiy xodimi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi oliygohlari o‘rtasida fahrli 1-o‘rinni egallagan Tajibayev Soyib Samijonovich “Boks, qilichbozlik va taekvando nazariyasi va uslubiyoti”kafedrasi o‘qituvchisi, mustaqil izlanuvchilar Respublika miqyosida tashkil etiladigan “Eng faol yosh olimi” tanlovga tavsiya qilindi.

Shu kuni Toshkent viloyati bosqichida ishtirok etgan yosh olimlar o‘rtasidagi baxs ham keskin davom etdi. Unda Toshkent viloyati bo‘yicha Faxrli 1 – o‘rin Ayubov Mirzakamol Sobitjonovich, O‘zFA Genomika va bioinformatika markazi kichik ilmiy xodimi, 2- o‘rinni Shermatov Javoxir Zafarovich, O‘zFA Materialshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi egallagan bo‘lsa 3 – o‘ringa Rajapova Marg‘uba Mo‘minovna, O‘zFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti kichik ilmiy xodimi loyiq deb topildi.

Xakamlar xay'ati tavsiyasiga ko‘ra Toshkent viloyati bo‘yicha g‘olib deb topilgan Ayubov Mirzakamol Sobitjonovich, O‘zFA Genomika va bioinformatika markazi kichik ilmiy xodimi Respublika miqyosida tashkil etiladigan “Eng faol yosh olimi” tanlovga tavsiya qilindi.

Barcha ishtiokchilarga va g‘oliblarga O‘zFA ma'muriyati birlashgan kasaba uyushmasi, O‘zFA Yosh olimlar kengashi va hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alar va sertifikatlar topshirildi.

IMG_3710 IMG_3716 IMG_3725 IMG_3740 IMG_3746 IMG_3775 IMG_3776 IMG_3787 IMG_3801 IMG_3803 IMG_3804 IMG_3806 IMG_3811

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar