26/07/2016
“Eng faol yosh sport murabbiyi” tanlovining Respublika bosqichi

 

IMG_5290Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi Qaroriga asosan kasaba uyushmalari tomonidan katta ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda. Xususan, mazkur Qaror asosida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan «Yilning eng faol yosh mutaxassisi» tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, yigit-qizlarda Vatanga muhabbat va mamlakatda ro‘y berayotgan voqyealarga dahldorlik hissini oshirishdir. Mazkur tanlov natijasida yoshlarning noyob kashfiyotlari yuzaga chiqarilmoqda.

O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tarmoq Yoshlar kengashi bilan hamkorlikda joriy yilning 26 iyul kuni mazkur tanlov doirasida o‘tkazilayotgan “Eng faol yosh sport murabbiyi” nominatsiyasining Respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda turli spot yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat olib borayotgan, sport sohasida ko‘plab natijalarni  qo‘lga kiritayotgan 14 nafar yosh sport murabbiylar bellashdilar. Mazkur tanlov shunisi bilan ahamiyatliki, xududiy bosqichlarda salohiyatli sport murabbiylari aniqlanib, Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Tanlovning asosiy shartlaridan biri 35 yoshgacha bo‘lgan sport murabbiylarini halqaro va respublikamiz miqyosida erishilgan yutuqlari hamda shogirdlarining xalqaro va yurtimiz miqyosidagi musobaqalarida erishgan yutuqlari hisobga olinishi bo‘ldi. Tanlov ishtirokchilarini 10 dan ziyod shogird tayyorlagan va ular ko‘plab xalqaro musobaqalarda o‘rin egallaganliklari tahsinga sazovordir.

Xususan, yosh mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda o‘z sohasi bo‘yicha qilgan yangiliklari va barcha erishgan yutuqlari o‘z aksini topdi.

Ishtirokchilar barcha o‘zlashtirishgan bilim va malakalarini, yangi g‘oya va takliflarini namoyon etishlari bilan birgalikda sport murabbiyi sifatida qisqa muddatda yosh sportchilarga sport sirlarini yetkazib berish mahoratlarini ham ko‘rsatdilar.

 “O‘z huquqingizni bilasizmi?” mavzusida savol- javoblarga tayyorgarlik jarayonida ishtirokchilar mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnat qonunchiligi buzilishining oldini olish hamda yosh pedagoglarga berilayotgan imtiyoz va huquqlarni to‘liq o‘zlashtirganliklarini ko‘rsatdilar. Shuningdek, yosh tadqiqotchilar ilmiy faoliyatlarini ingliz tilida ham bayon qilish imkoniyatidan foydalandilar.

Hakamlar xay'ati tomonidan – “Eng faol yosh sport murabbiyi” tanlovining 1-, 2-, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlandi. Unga ko‘ra:

1-o‘rin      To‘xtasinov Bobir Muxammadali o‘g‘li – Rishton tumani Bolalar o‘smirlar sport maktabi murabbiyi       
2-o‘rin   Usmonov Sherpo‘lat O‘tkirovich – Mirobod tumani 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi
3-o‘rin   Haydarov Bekzodjon G‘afforovich - Olot tumani 7-olimpiya sport maktab – internati  murabbiyi egallashdi.      

Shuningdek, “Eng mahoratli sport murabbiyi”, “Eng ko‘p natijalarga erishgan sport murabbiyi” kabi 10 dan ziyod nominatsiyalar bo‘yicha eng faol yosh sport murabbiylari aniqlandi.

G‘oliblar O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining esdalik sovg‘alari va diplomlari bilan taqdirlandilar. Tanlov doirasida aniqlangan eng faol yosh mutaxassislar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan Vatanimiz Mustaqilligining 25 yilligi oldidan tashkil etiladigan “Yosh mutaxassislar” respublika forumida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

Tanlov eng faol yosh sport murabbiylarini sog‘lom va barkamol avlod tayyorlashdagi erishayotgan yutuqlarini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash natijasida Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

_DSC6441 _DSC6480 _DSC6513 _DSC6532 IMG_5253 IMG_5287

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar