09/08/2016
Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi mazmunli o‘tmoqda

 

Изображение 017      2016 yilgi yozgi sog‘lomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni namunali o‘tkazish, bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tuman kengashi  tomonidan amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar natijasida tarmoq tizimidagi ta’lim muassasalarda mehnat qmlayotgan kam ta’minlangan oilalarning 225 nafar farzandlari Yakkabog‘ tumanidagi  “Mirzo Ulug‘bek” va Shaxrisabz tumanidagi “Ziyo chashmalari” oromgohlarida imtiyozli yo‘llanmalar bilan dam oldirildi.

     Yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida o‘tkazilgan turli to‘garak mashg‘ulotlari, sayr-sayohatlar ayniqsa “Sog‘lom ona va bola yili”dasturi asosida  “Sog‘lom bola – yurt kelajagi” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etilganligi tufayli bolalarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tkazildi, ularda sog‘lom turmush tarzi shakllantirildi.

Kitob tuman kengashi tomonidan  Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish tadbirlar Dasturining ijrosi bo‘yicha tuman kengashi va boshlang‘ich  kasaba uyushmalari tashkilotlarining oromgoh ma’muriyati bilan hamkorlikda oromgohlarida dam olayotgan bolalar o‘rtasida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar hamda qo‘lga kiritilgan natijalar aks etgan “Bu mening Vatanim!” mavzuidagi rasmlar tanlovini tashkil etilishi bolalarga chuqur taassurot qoldirdi. O‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan va g‘olib deb topilgan bolalar kasaba uyushmasi tuman kengashi va oromgoh ma’muriyati tomonidan  diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Изображение 007  ???????? IM7D1479


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar