12/08/2016
Sayohat katta taasurot qoldirdi

52

 2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” dastur tadbirlarining ijrosini ta’minlash maqsadida  Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Zarbdor tumani kengashi tashabbusi bilan  tumandagi ta’lim va madaniyat muassasalaridan 22 nafar mehnat faxriylari hamda kasaba uyushmasi faollarining Samarqand shahriga sayohatlari tashkil etildi. 

Faxriylar sayohatlari davomida Samarqand shahridagi Imom al-Buxoriy ziyoratgohi, Ulug‘bek rasadxonasi, Registon maydoni,  Amir Temur, imom al-Moturudiy, Shohi-Zinda va Doniyol ota maqbaralarini katta qiziqish bilan tomosha qildilar. 

 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi bayrami arafasida kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu sayohat mehnat faxriylarida  katta taassurot qoldirdi.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar