19/08/2016
O‘qituvchilarning an’anaviy avgust kengashi bo‘lib o‘tdi

 

IMG_1799Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi va Parkent tumani xalq ta’limi muassasalari  faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining an’anaviy avgust kengashi 2016 yil 19 avgust kuni Parkent shaxridagi “Navro‘z” majmuasida bo‘lib o‘tdi.An’anaviy avgust kengashi kun tartibida tuman xokimi O‘.N.Alimov va  tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri M.X.Xasanovlarning ma’ruzalari va  tabrik so‘zlari eshitildi.Ta’lim soxasi fidoiylaridan 7 nafari so‘zga chiqdilar.Xalq ta’limi xodimlari an’anaviy avgust kengashi qatnashchilarining  xomiy tashkilotlar,jamoatchilik va ta’lim muassasasi xodimlariga murojaatnomasi qabul qilindi.2016 -2017 o‘quv yilida oliygohlarni tamomlab,birinchi bor ish boshlayotgan yosh pedagoglardar bir guruxi qasamyod qabul qilishdi.
           Kengash davomida “Eng obod maktab”,”Eng obod maktabgacha ta’lim muassasasi”,                    ”Kiyinish madaniyatiga yil davomida erishgan ta’lim muassasasi”,”Sog‘lom muxit-sog‘lom jamoa”,”Yil davomida ko‘rgazmali chiqishga erishgan ta’lim muassasasi”,”Eng yuqori reytinga erishgan ta’lim muassasasi” nominatsiyalari bo‘yicha ta’lim muassasalariga o‘rinlar belgilanib, rangli televizor va DVD pleyrlar bilan taqdirlandilar.
     Ta’lim-tarbiya berishda yutuqlarga erishgan 75 nafar pedagog xodimlar Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Parkent tumani hokimi va tuman xalq ta’limi  muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi hamda Ta’lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
      An’anaviy avgust kengashida Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari  Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi  Respublika kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha ma’sul tashkilotchisi  ishtirok etishib, o‘zlarining ma’ruzalari va tabriklari bilan chiqishdi.

 

IMG_1668 IMG_1772 IMG_1806


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar