06/09/2016
O‘quv-seminar tashkil etildi

???????????????????????????????

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi  Urganch shahar   Kengashi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VII  Qurultoyida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan dastur ijrosini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-seminari tashkil qilindi.
    Mazkur o‘quv-seminarga shaxar kengashi tizimidagi 32 ta maktabgacha talim muassasalarida  faoliyat olib borayotgan    boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitalari raislari taklif qilindilar. Ular tayanch tashkilot  18-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitasining  faoliyati, ibratli ishlari bilan tanishish va tajriba almashish barobarida o‘quv-seminar dasturiga kiritilgan yo‘nalishlar bo‘yicha kasaba uyushmalari mutaxassislari tomonidan kerakli ma’lumotlarni oldilar.
    Seminar dasturidan o‘rin olgan mehnatkashlarni ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, muassasada ish beruvchilar bilan ijtimoiy sheriklikni  rivojlantirish, ayollar va yoshlarning xuquq hamda manfaatlarini himoya qilish, xodimlarning mehnat muxofazasiga oid xuquqlari, mehnatkashlar o‘rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, sportning ommaviyligini oshirish, kasaba a’zolari va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish va dam oldirish hamda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash kabi masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashinildi. Shuningdek,  kasaba uyushma  faollari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi. 

??????????????????????????????? ???????????????????????????????

???????????????????????????????

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar