07/09/2016
Xorazmda “Kasaba uyushmalari bolalarga” aksiyasi doirasidagi “Tozalik, ozodalik-salomatlik garovi” tadbirlari o‘tkazildi

???????????????????????????????

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “Kasaba uyushmalari bolalarga” aksiyasi doirasida “Tozalik, ozodalik-salomatlik garovi” tadbirlari Xorazm viloyatida ham uyushqoqlik bilan tashkil qilindi. 
Shu yilning 6 sentyabr kuni viloyatdagi kasaba uyushma tashkilotlari mutasaddilari Xonqa va Yangibozor tumanlaridagi 14 ta ta’lim muassasasiga tashrif buyurib, birinchi sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilar bilan mamlakatimizda bolalar manfaatlarini himoya qilish, salomatligini asrash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, turli kasalliklarning oldini olishda, sog‘lom bo‘lib voyaga yetishda tozalik, ozodalikning ahamiyati haqida suhbatlashdilar. Tadbirga taklif qilingan tibbiyot xodimlari tomonidan salomatlik darslari o‘tkazilib, o‘quvchilarga shaxsiy gigiena qoidalari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash kerakki, kasaba uyushmalari tomonidan mehnatkashlarning farzandlarini qo‘llab quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. 11292 nafar bolalar yozgi ta’til davomida viloyatimizdagi 31 ta so‘lim oromgohlarda dam olgan bo‘lsalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalar farzandlari bo‘lgan 1500  nafar bolakay Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridagi oromgohlarda o‘z salomatliklarini mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldilar. Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi hamda “Sog‘lom ona va bola” yili munosabati bilan “Kasaba uyushmalari bolalarga” aksiyasi doirasida  ijtimoiy himoyaga muhtoj bir guruh oilalar farzandlari uchun o‘quv qurollari olib berilgan edi. Shuningdek, 100 dan ortiq bolalarning tarixiy shaharlar va istiqlol inshootlariga sayohatlari uyushtirildi, bolalar qo‘g‘irchoq teatri tomoshalaridan bahramand bo‘ldilar. 
“Tozalik, ozodalik-salomatlik garovi” tadbirlari olti yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda. O‘tgan yillar davomida viloyatning eng chekka qishloqlarida istiqomat qiluvchi 5 mingdan ziyod birinchi sinf o‘quvchilari gigienik to‘plamlar olishga muvaffaq bo‘ldilar.
Bu yilgi tadbir davomida Xorazmlik 780 nafar birinchi sinf o‘quvchilariga gigiena vositalari to‘plamlari tarqatildi. 
 Hamkor tashkilotlar vakillari o‘quvchilar qatori e’tibor uchun kasaba uyushmalariga minnatdorchilik bildirdilar. O‘quvchi yoshlar ona Vatan, ota-ona haqidagi she’rlardan namunalar o‘qib berdilar.

???????????????????????????????

???????????????????????????????

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar