07/09/2016
Navoiy viloyatida “Tozalik, ozadalik – salomatlik garovi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

  IMG_1060

      2016 yil 6 sentyabr kuni Konimex tumanidagi umumta’lim maktablarida “Tozalik, ozadalik – salomatlik garovi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
  Ilk bora maktabga qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari o‘rtasida, 1- akademik soati dars mashg‘uloti tashkil etildi.
    Mashg‘ulot jarayonida tibbiy xodimlari va sinf rahbari tomonidan yuqumli kasalliklarni oldini olish borasida rioya qilinishi lozim bo‘lgan sanitariya-gigiena qoidalari yuzasidan bolalarga tushunchalar berildi.
    Dars yakunida jami 500 nafar 1-sinf o‘quvchilariga kasaba uyushmalari tomonidan sovg‘a tariqasida shaxsiy gigienani saqlashga oid jamlama hamda sanitariya-gigiena qoidalarini aks ettiruvchi bukletlar taqdim etildi. 

 

IMG_1056


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar