06/09/2016
Jizzax viloyatining G‘allaorol va Paxtakor tumanlari chekka qishloq maktablarida ilk bor 1-sinfga borgan bolalar uchun “Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi” tadbiri o‘tkazildi.

       DSC_0304

          2016 yilning 6 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan “Kasaba uyushmalari – bolalarga” aksiyasi doirasida G‘allaorol tumanining 20-22-24-26 va 47-sonli hamda Paxtakor tumanining 3-8-14 va 17-sonli umumta’lim maktablarida 1-sinfga borgan bolalar uchun “Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi” tadbiri o‘tkazildi.
        Bir akademik soatli interfaol dars uslubida o‘tkazilgan ushbu  tadbirlarda 1-sinf o‘quvchilarining ota-onalari, sinf rahbarlari, pedagoglar, tuman tibbiyot birlashmasi va QVPlar  shifokorlari  hamda  kasaba  uyushmalari  faollari ishtirok etishdi.
       Dars jarayonida bolalar bilan muloqot qilgan pedagoglar va tibbiyot xodimlari savol-javob yo‘li bilan ularga sinfda, maktabda, uylarida va jamoat joylarida sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish, tozalik va ozodalik to‘g‘risida so‘zlab berishdi.
     Tadbir yakunida 720 nafar bolalarning har biriga sovg‘a tariqasida kasaba uyushmalarining shaxsiy gigiena vositalari jamlamasi topshirildi. 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar